TRANSPORT VOSITALARINI BOSHQARISH HUQUQI
Quyidagilarni:
Motosikllar, motorollerlarini va boshqa mototransport vositalarni boshqarish huquqi - o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;
-Ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan va o‘rindiqlar soni haydovchining o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan oshmaydigan avtomobillarni boshqarish huquqi, bundan taksi mustasno - o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;
-Ruxsat etilgan eng ko‘p og‘irligi 3500 kilogrammdan oshadigan yuk avtomobillarini boshqarish huquqi - o‘n sakkiz yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi;
-Taksi sifatida foydalaniladigan avtomobillarni, shuningdek, yo‘lovchilar tashish uchun mo‘ljallangan va haydovchining o‘rindig‘idan tashqari sakkiztadan ortiq o‘rindig‘i bo‘lgan avtomobillarni tramvaylar va trolleybuslarni boshqarish huquqi - yigirma bir yoshga to‘lgan shaxslarga beriladi.
-Transport vositalarini boshqarish huquqi – ushbu qismning uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan transport vositalarini boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga transport vositasini boshqarish staji o‘n ikki oydan kam bo‘lmagan taqdirda beriladi.
-Transport vositalarini boshqarish huquqi tibbiy tekshiruvdan o‘tgan va malaka imtihonlarini topshirgan shaxslarga beriladigan belgilangan namunadagi guvohnoma bilan tasdiqlanadi.
-Malaka imtihonlarini topshirish va transport vositalarini boshqarish huquqiga doir guvohnomani berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
-O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan talablarga muvofiq bo‘lgan milliy va xalqaro haydovchilik guvohnomalari amal qiladi.
K.Tursunov,
Angor tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i
Ўзбекча
Русский
English