SAVOL — JAVOB

Savol: Bozor atroflari va gavjum ko‘chalarda noqonuniy tarzda turli mahsulotlar savdosi bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga qonunchilikda qanday jazo choralari belgilangan?

-Soliq kodeksining  219-moddasida jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, — bunday faoliyatdan olingan daromadlarning o‘n foizi miqdorida, lekin bir million so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan.

-O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 176-moddasiga ko‘ra:

-Tadbirkorlik faoliyatini davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan amalga oshirish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

-Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ancha miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

-Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni ko‘p miqdordagi nazorat qilinmaydigan daromad olgan holda sodir etish, — huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

-Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u huquqbuzarlik aniqlangan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplagan, tadbirkorlik subyektining ro‘yxatdan o‘tkazilishini ta’minlagan va zarur bo‘lgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirgan bo‘lsa, huquqbuzarlik narsalarini musodara qilmasdan javobgarlikdan ozod etiladi.

 Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati