Press-tur

26-mart kuni Angor tumanida navbatdagi press-tur bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi o‘rinbosari Jamshid Bahramov, tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zulqaynar Shozamonov, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etishdi.

Press-tur davomida ishtirokchilar tumanda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan yangiliklar, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Jumladan, ishtirokchilar Angor tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli jonlantirish bo‘limida bo‘ldilar. Bo‘limda olib borilayotgan ishlar va aholi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shuningdek, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga javob olishdi.

Angor tumani hokimligi axborot xizmati