Angor tumanida Yoshlar kuni munosabati bilan tuman hokimi Qosim Mardonovning yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Unda tuman prokurori Abbos Razikov hamda tuman IIB boshlig‘i Roziq Sobirov ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, ta’lim olish va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
Tadbir davomida yoshlarning tashabbuslarini rag‘batlantirish va ular bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Angor tumani hokimligi axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English