Maktabda seminar o‘tkazildi

Yangi 2023-2024-o‘quv yili boshlanishiga oz fursat qoldi. Mamlakatimizning barcha hududlari singari Angor tumanida ham yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Bugun yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bo‘yicha 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida seminar tashkil etildi. Unda tuman sektorlar rahbarlari, maktab direktorlari ishtirok etdi.

 

Seminarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek,  maktablar ta’miri uchun qurilish materiallari, bo‘yoqlar va boshqa materiallar tarqatildi.
Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdilar.

Angor tumani hokimligi axborot xizmati

 

0 izox

Izox qoldirish