Korrupsiyasiz kelajak sari!

Angor tuman soliq inspeksiyasida viloyat soliq boshqarmasi shaxsiy xavfsizlik bo‘limi hamda tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida “Korrupsiyasiz kelajak sari” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Unda shaxsiy tarkib xodimlariga korrupsion huquqbuzarliklarga sabab bo‘luvchi omillar va ularning oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.
Har bir davlat xizmatchisi xizmat vazifasiga sidqidildan, mas’uliyat bilan yondashishi, poraxo‘rlik va ta’magirlik kabi illatlardan yiroq bo‘lishi kerakligi tushuntirilib, o‘tgan vaqt mobaynida soliq xizmati organlari xodimlari bilan bog‘liq bo‘lgan korrupsion holatlar muhokama qilindi.
Shuningdek, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, har qanday noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish barobarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi Matbuot xizmati