Kitob bizni birlashtiradi

Kitob zamonlar dengizida sayohat qilayotgan va o‘zining qimmatbaho yukini avlodlardan-avlodlarga tashiyotgan hikmat kemasidir.

Frensis BEKON

 Tumandagi 39-sonli umumta’lim maktabida “Kitob bizni birlashtiradi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.  Tadbirni maktab direktori kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda maktab o‘quvchilari ishtirok etib, o‘zlari yod olgan she’rlari va o‘qigan kitob qahramonlari haqida qisqacha ma’lumotlar berib o‘tdilar.

Tadbirda maktab o‘quvchilarining ota-onalari ham ishtirok etdishdi. Ota-onalar homiyligida 21 dona turli mavzudagi badiiy kitoblar maktab kutubxonasiga sovg‘a sifatida berildi. Bundan tashqari, maktab direktori va maktabimiz targ‘ibotchisi ham maktab kutubxonasiga sovg‘a sifatida kitoblar jamlanmasini taqdim etdilar. Tadbir so‘ngida faol ishtirok etgan o‘quvchilar maktabimiz ma’muriyati tomonidan sovg‘alar bilan  taqdirlandilar. Tadbir juda qiziqarli va mazmunli o‘tdi.

Baxtigul Xo‘jamqulova,

39-sonli umumta’lim maktabi kutubxonachisi

0 izox

Izox qoldirish