Angorda fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi
Angor tumani hokimi Qosim Mardonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tuman Xalq qabulxonasi rahbari Temur Murzayevlar ishtirokida fuqarolar qabuli bo’lib o’tdi.
Qabulda fuqarolar bilan yuzma-yuz suhbat o'tkazilib, murojaatlari tinglandi.
Ochiq muloqot tarzida kechgan qabulda sog’liqni saqlash, bandlik, tadbirkorlik va boshqa masalalarga oid 47 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 12 ta murojaat joyida qanoatlantirildi.
Fuqarolardan tushgan murojaatlarni ijrosi bo’yicha hokim o’rinbosarlari, tumandagi tegishli tashkilot va korxonalarning mutasaddilariga topshiriq va ko’rsatmalar berildi.
Ўзбекча
Русский
English