Angor tumanida «Sayyor sud» va «Ishga marhamat» mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Tumandagi 9-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida Jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudi tomonidan sayyor sud o‘tkazildi. Sudda tuman IIB boshlig‘ining 4 nafar nazorat ostidagi shaxslar bo‘yicha taqdimnomasi ko‘rib chiqildi va ular shartli ravishda muddatidan oldin ozod qilindi.
Shundan so‘ng, tuman prokuraturasi hamda tuman IIB mas’ullari tomonidan nazorat ostidagi shaxslar bilan suhbat o‘tkazildi. Ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, muammolarini bartaraf etish maqsadida mavjud kamchiliklari o‘rganildi.
Shuningdek, tadbir davomida «Ishga marhamat» mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda 11 ta korxona va tashkilot 123 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarka davomida 2 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi. 4 nafar muayyan kasbga ega bo‘lmagan shaxslar o‘zlari tanlagan yo‘nalish bo‘yicha “Ishga marhamat” monomarkazi tomonidan taqdim etilgan o‘quv kurslariga jalb etildi.
Angor tumani hokimligi axborot xizmati
Ўзбекча
Русский
English