Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik kuchaytirildi...

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-949-son, 28.08.2024 y.) bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekistondan olib chiqqanlik, shuningdek pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekistonga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

«Pirotexnika buyumlaridan qonunga xilof ravishda foydalanish,

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazish yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, —

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi»;

Angor tumani Adliya bo’limi Yuridik
xizmat ko’rsatish markazi boshlig’i                                                               K.Tursunov